Now what
After me and other students in TDYU Lyceum wrote to the administration they send this to official Lyceum telegram channel how now we can do or change something
#rasmiy_munosabat
Hurmatli ota-onalar va akademik litsey o‘quvchilari!
O'quvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlarining navbati (smenasi) yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Shuni ma’lum qilamizki, mazkur masala o'quvchilarning takliflari hamda akademik litseyning bino quvvati sig'imi imkoniyatlarini inobatga olgan holda, akademik litsey Kengashida muhokama qilinib, tasdiqlanadi.
O'quvchilarning dars navbati (smenasi) Kengash tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli qaror ma’qullangandan so‘ng dars mashg‘ulotlarining navbati (smenasi) bo‘yicha ma'lumot akademik litseyning rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi.
Barcha ota-ona va o‘quvchilarni faqat akademik litseyning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadigan ma’lumotlarga tayanishlarini so'raymiz.
Hurmat bilan, Akademik litsey ma’muriyati