Andijon shevasidagi oʻzgacha detall
Men doim gapirganimda soʻzlarni qanday talaffuz qilishimga eʼtibor beraman .
Va bir narsaga amin boʻldimki , Andijon shevasida "F" ni "P" qilib talaffuz qilinar ekan .
Koʻp soʻzlarda shaftoli -shoptoli , farosat-parosat , taraf-tarap , fayz- payz , bunaqa soʻzlar koʻp . Koʻpincha F P ga oʻzgaradi . Bir ikkita soʻzdan tashqari .
Qiziq holati , ozroq qidiruvdan soʻng aslida eski turk tilida ham F harfi yoʻqligi maʼlum boʻldi . F harfli soʻzlar koʻpincha oʻzbek tiliga boshqa tildan kirib kelgan soʻzlar ekan .
Hozirgi uygʻur tilida ham shunga oʻxshash holat yani aslida F harfi yoq ekan . Bor lekin juda kam soʻzlarda .
Andijon shevasiga bu narsa qayerdan kelgan ekan .? 🤔
Oldindan shunday boʻlib kelganmi yoki keyinchalik uygʻurlar taʼsiri orqali mi ? Uygʻurlar taʼsiri deyotganim sababi . Fargʻona vodiysida koʻpgina kelib chiqishi uygʻurlarga taqaladigan odamlar borligi . Men yashaydigan joyda "Qashqar" mahalla degan joy bor . Nega unday deyilishi sababi esa mahalladagi odamlar asosan Qoshgʻarlik uygʻurlar boʻlgan ekan . A lekin hozir esa u yerda hech kim oʻzini uygʻur ham demaydi . Hammasi oʻzbek boʻlib ketgan. Oʻzbek tilida gapiradi .
Bu narsa faqat men yashovchi hududga xosmi yoki bilmadim .
Boshqa Andijonliklar ham shunday talaffuz qilishadi mi? Boshqa Fargʻona vodiysi shevalaridachi ularda qanday ? Ularda ham shu holat uchraydimi ?